Salomatlik

Koronavirusni uy sharoitida qanday davolash mumkin?

Virusdan himoyalanish va undan uy sharoitida davolanish haqida ma'lumot va tavsiyalar.

Koronavirusni uy sharoitida qanday davolash mumkin?

  Uy sharoitida koronavirusning zararli ta’sirini kamaytirish uchun xonalarni tez-tez shamollatib turilishi, uyning tozaligiga va undagi oziq-ovqat mahsulotlarining to‘g‘ri saqlanishiga qattiq e’tibor berilishi lozim.

 Shuningdek, uy sharoitida koronavirusdan davolanayotgan bemorlar o‘z yaqinlarining salomatliklarini o‘ylagan holda, ulardan o‘zini iloji boricha izolyasiyalashi kerak. Bemor turgan xonaga yosh bolalarning va keksa yoshli oila a’zolarining kirishlari cheklanishi kerak. Bemorning ovqatlanish idishlari alohida bo‘lishiga e’tibor berish lozim. Iloji boricha ko‘proq suyuqlik iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

 COVID-19ning yangi shtammlari avvalgilaridan ko‘ra yuquvchanligi bilan farq qilmoqda. Shuning uchun ham tibbiy niqob va antiseptik har bir insonning doimiy hamrohi bo‘lishi kerak.

 Uy sharoitida davolanayotgan bemorga o‘zboshimchalik bilan davo muolajalari qilish taqiqlanadi. Koronavirusning yengil shtammini o‘tkazayotgan bemorlarning holidan hududdagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi xodimlari xabar olib turishadi. Ularning ahvoli og‘irlashgudek bo‘lsa yoki biror maslahat zarur bo‘lsa, oilaviy shifokor bilan maslahatlashish zarur. 

 "Vitamin S", "vitamin D" va "Sink" kabi dori vositalarini kasallikni boshdan o‘tkazayotgan bemorlargina emas, u bilan birga yashayotgan oila a’zolari ham profilaktika maqsadida qabul qilishlari mumkin. Bunda albatta, oilaviy shifokor tavsiyasiga amal qilish shart.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusning bugungi kunda besh xil turli darajalari mavjud:

  Simptomsiz 

  Yengil 

  O‘rta og‘ir 

  Og‘ir 

 O‘ta og‘ir

 1. Simptomsiz daraja. Bunda xastalik sezilarsiz belgilar bilan kechadi. Masalan, kunida bir-ikki marotaba umumiy holsizlik, toliqish yoki tana haroratining 37 darajagacha ko‘tarilishi holati kuzatilishi mumkin. Ammo ushbu holatda PZR tekshiruvidan o‘tganda unda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlanishi mumkin. 

2. Yengil daraja. Haroratning 38 darajagacha ko‘tarilishi, tomoqning qichishi, vaqti-vaqti bilan yo‘tal hamda organizmdagi holsizlik, bo‘g‘imlar qaqshashi kuzatiladi. 

Qayd etilgan ushbu ikki bosqichda uy sharoitida oilaviy poliklinika shifokori bilan hamkorlikda, ya’ni ularning tavsiyalari asosida davolanish mumkin. 

3. O‘rta og‘ir daraja. Bunda yuqorida qayd etilgan belgilar kuchaygani uchun bemorning shifoxonaga yotqizilishi tavsiya etiladi. Bunday bemorlarga qat’iy tartibdagi davolanish choralari va doimiy mutaxassislar nazorati kerak bo‘ladi. 

Shuningdek, havflilik darajasi yuqori bo‘lgan kishilar: ya’ni bemorlarning yoshi 50-60 va undan katta bo‘lganda yoki virusga chalingan kishining yondosh kasalliklari bo‘lsa, homilador ayollarda koronavirus aniqlansa, ularga o‘rta og‘ir daraja belgilanib, stasionar davolash uslubi qo‘llaniladi. 

4. Og‘ir daraja. Bunda bemorlarda yuqoridagi belgilar yaqqol namoyon bo‘lishi bilan birga nafasning o‘tkir yetishmovchiligi, ruhiyat o‘zgarishi, xususan, o‘lim talvasasi hamda barcha a’zolarida kasallikning ta’siri sezila boshlaydi. Tabiiyki, ushbu holatda ham, albatta, stasionarda davolash zarur. 

5. O‘ta og‘ir daraja. Bunda esa, bemorlar faqatgina shifoxonalarning jonlantirish bo‘limlarida davolanishi kerak bo‘ladi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Koronavirusni uy sharoitida qanday davolash mumkin? | Zamon.uz