Tolibon hukumatni mamlakatdagi muammolarni mustaqil hal qilishga chaqirmoqda
Afg‘oniston Islom Respublikasi va Tolibon harakati bugun ham muhim masalalarda bir qarorga kelish maqsadida muzokaralarni davom ettirdi.

Tolibonlardan biri Xibatulla Oxunzoda Afg‘onistondagi siyosiy mojaroni barqarorlashtirish haqida so‘z yuritdi.
Xususan u, bugun ham Doxada Tolibonlar va afg‘on hukumati o‘rtasida davom etgan muloqot yakunida «Gʻoliblikka qaramasdan, islom amirligi davlatdagi siyosiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlaydi», - degan. Hamda “Kelinglar o‘z muammolarimizni o‘zimiz hal qilaylik, mamlakatimizni inqirozdan o‘zimiz qutqaraylik”,- deya qayd etgan.
Hukumat va tolibonlar o‘rtasidagi muloqot davlatda vaziyat murakkablashgani fonida bo‘lib o‘tmoqda. Tolibon Afg‘onistonning turli viloyatlaridagi salmoqli hududlarni nazoratga olgan.







