Misrda bloger qiz qamaldi
Xanin Xossam Misr sudi qamoq jazosi tayinlagan birinchi bloger bo‘ldi.

Qohira sudi ijtimoiy tarmoqdagi video uchun qizga 10 yil qamoq jazosi berdi. Bundan tashqari, Xanin davlat g‘aznasiga 200 ming Misr rupiyasi (qariyb 13 ming AQSH dollari) to‘lashi kerak.
Xaninning TikTok‘dagi sahifasini 1 mlnga yaqin foydalanuvchi kuzatadi. Asli mutaxassisligi bo‘yicha xoreograf bo‘lgan qiz o‘z sahifasiga raqslari va mashhur qo‘shiqlarga parodiyalarini joylab borgan.
Misr hukumati Xaninning harakatlarini maʼnaviyatsiz deb baholab, uni buzuqlikda aybladi.
Prokuratura Xaninning harakatlari "misrlik oilalar qadriyatlarini buzadi" deb xulosa qildi.
Xossam Misr prezidenti Abdul-Fattoh Halil as-Sisiga murojaat qilib o‘n yillik qamoq jazosi berilishiga loyiq nima qilganini so‘rali.
"Men ona vatanim qonunlarini buzadigan hech narsa qilmaganman", - dedi u.
Ammo qiz ayblov eʼlon qilinishi bilan qamoqqa olindi. Misr hukumati Xanin Xissam ishini siyosiylashtirishdan bosh tortishini eʼlon qildi.
Sharofat Mahmudova







