Jahon

Tramp yil oxirigacha Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishmoqchi — FT

AQSh demokratlar Kongress ustidan nazoratni qo‘lga kiritishidan avval Rossiya va Ukraina o‘rtasida kelishuvga erishishga shoshilmoqda.

Tramp yil oxirigacha Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishmoqchi — FT

 

Donald Tramp ma’muriyati 2026-yil oxirigacha Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik kelishuviga erishishga intilmoqda. Bunga 2027-yil yanvaridan demokratlar AQSh Kongressining har ikki palatasini nazoratga olishi mumkinligi sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Financial Times (FT) xabardor manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Nashrga ko‘ra, Oq uy o‘z maqsadini Yevropa va Ukraina rasmiylariga yetkazgan. AQSh muzokaralarda shoshilmoqda, biroq Ukraina sezilarli hududiy yon berishlarga majbur bo‘lishi mumkinligidan xavotirlar mavjud.

 

Ukraina rasmiylari Starshield tizimiga qo‘yilgan tezlik cheklovlari va Patriot raketalari yetkazib berilishidagi kechikishlarni Vashingtonning Kiyevga bosimni kuchaytirish harakati sifatida baholamoqda.

 

Tramp esa Putin urushni diplomatik yo‘l bilan tugatishni istayotganini aytgan. 20-noyabr kuni Xitoyda Putin bilan uchrashuvdan so‘ng Rossiya rahbari urushni yakunlash istagini bildirganini ta’kidlagan. Tramp kelishuvga erishishdagi asosiy to‘siq Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi keskin munosabatlar ekanini qayd etgan.

 

Biroq Moskva tezkor kelishuvga erishish borasida Vashingtonning optimistik qarashlariga qo‘shilmayapti. Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi yoki unga alyans doirasida xavfsizlik kafolatlari berilishi bo‘yicha takliflarni rad etishini bildirgan.

 

Putin ham Ukraina bilan qisman sulh tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqqanini, biroq Qrim ko‘prigiga qilingan hujumlardan keyin bu fikridan qaytganini aytgan.

 

The Kyiv Independent manbalariga ko‘ra, Trampning muzokarachilari Stiven Uitkoff va Jared Kushner Berlindagi uchrashuvlarda hozirgi muzokaralar kelishuvga erishish uchun so‘nggi real imkoniyat bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Xabarlarga ko‘ra, demokratlar 2027-yil yanvaridan Kiyevga harbiy yordamni sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda.

Yevropada antibiotiklarga chidamli bakteriya tarqalishi xavfi oshmoqda: JSST ogohlantirdi

Yevropada antibiotiklarga chidamli bakteriya tarqalishi xavfi oshmoqda: JSST ogohlantirdi

Klebsiella pneumoniae sababli yuzaga kelgan qon infeksiyalari 2019–2025-yillarda 72 foizga oshdi.

Bir kechada 275 ta Ukraina droni yo‘q qilindi — Rossiya Mudofaa vazirligi

Bir kechada 275 ta Ukraina droni yo‘q qilindi — Rossiya Mudofaa vazirligi

Bir hafta davomida 6 808 ta Ukraina dronini yo‘q qilingan.

Bir soatdan kam davom etgan bo‘ron shaharchani vayron qildi: uch kishi halok bo‘ldi

Bir soatdan kam davom etgan bo‘ron shaharchani vayron qildi: uch kishi halok bo‘ldi

Ma’lum qilinishicha, 8 mingga yaqin uy qisman yoki to‘liq vayron bo‘lgan.

Yevropa Ittifoqidan Ukrainaga rekord yordam: 7,9 mlrd yevro ajratildi

Yevropa Ittifoqidan Ukrainaga rekord yordam: 7,9 mlrd yevro ajratildi

Mablag‘ 20 dan ortiq islohot choralarini amalga oshirish sharti bilan ajratilgan.

Ukraina taqdiri Zelenskiysiz hal etilmaydi — Tramp

Ukraina taqdiri Zelenskiysiz hal etilmaydi — Tramp

AQSh prezidenti mojaro bo‘yicha yakuniy qaror Ukraina prezidenti bilan kelishmasdan qabul qilinmasligini aytdi.

Peruda 6,7 magnitudali zilzila: yer silkinishi Kolumbiyada ham sezildi

Peruda 6,7 magnitudali zilzila: yer silkinishi Kolumbiyada ham sezildi

Hududlarda aholi xavfsizlik maqsadida uylarini tark etgan.

Maxfiy ma’lumotlar Xitoyga uzatilganmi? Nvidia’ga qarshi tergov boshlandi

Maxfiy ma’lumotlar Xitoyga uzatilganmi? Nvidia’ga qarshi tergov boshlandi

Prokurorlar ilg‘or chiplar yoki maxfiy ma’lumotlar Xitoyga sizib chiqqan bo‘lishi mumkinligini tekshirmoqda.

Estoniya Rossiya bilan chegarani yopadi: qaror 1-dekabrdan kuchga kiradi

Estoniya Rossiya bilan chegarani yopadi: qaror 1-dekabrdan kuchga kiradi

Estoniya hukumati milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Rossiya bilan barcha avtomobil chegara o‘tkazish punktlarida harakatni to‘xtatishga qaror qildi.