Bir kechada 275 ta Ukraina droni yo‘q qilindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Bir hafta davomida 6 808 ta Ukraina dronini yo‘q qilingan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat havo mudofaasi tizimlari bir kecha davomida Ukraina tomonidan yuborilgan 275 ta uchuvchisiz uchish apparatini ushlab qolgan va yo‘q qilgan.
Vazirlik bayonotida dronlar Belgorod, Bryansk, Voronej, Kaluga, Kursk, Leningrad, Novgorod, Oryol, Pskov, Rostov va Smolensk viloyatlari, shuningdek, Qrim hamda Qora dengiz ustida urib tushirilgani aytilgan.
Ma’lumot uchun, 20-noyabrga o‘tar kechasi Rossiya havo mudofaasi 14 ta hudud hamda Azov va Qora dengiz ustida 310 ta Ukraina dronini yo‘q qilganini bildirgan edi. O‘shanda Smolensk viloyatidagi fuqarolik sanoat va energetika obyektlariga zarar yetgani, biroq qurbonlar bo‘lmagani xabar qilingan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bir hafta davomida mamlakat havo mudofaasi kuchlari 6 808 ta Ukraina dronini yo‘q qilgan.








