Jahon

Bir soatdan kam davom etgan bo‘ron shaharchani vayron qildi: uch kishi halok bo‘ldi

Ma’lum qilinishicha, 8 mingga yaqin uy qisman yoki to‘liq vayron bo‘lgan.

Bir soatdan kam davom etgan bo‘ron shaharchani vayron qildi: uch kishi halok bo‘ldi

 

Braziliyaning Riu-Grandi-du-Sul shtatidagi Tupansireta shahrida kuchli bo‘ron yuz berdi. Tabiiy ofat oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, minglab turar joylar va shahar infratuzilmasiga zarar yetdi.

 

Ma'lum qilinishicha, shahar hokimi Gustavo Terra 8,6 mingta turar joydan qariyb 8 ming tasi qisman yoki to‘liq vayron bo‘lganini ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, bo‘ron savdo obyektlari, sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi inshootlari va don omborlariga ham katta zarar yetkazgan.

 

Tabiiy ofat 20-noyabr kuni yuz bergan va bir soatdan kam davom etgan. Milliy meteorologiya instituti ma’lumotlariga ko‘ra, shaharda shamol tezligi soatiga 114 kilometrga yetgan. Kuchli shamol qariyb 100 ta daraxtni qulatib, yo‘llarni to‘sib qo‘ygan, aholini elektr energiyasi va suvsiz qoldirgan.

 

Mahalliy shifoxonaning tomi uchib ketgani sababli 11 nafar bemor evakuatsiya qilingan. Bo‘ron shtatdagi yana 32 ta munitsipalitetga ham ta’sir ko‘rsatgan.

 

Meteorologlar hodisani kuchli momaqaldiroq tizimi — superhujayra bilan izohlagan. Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva zarar ko‘rgan hududlarga favqulodda xizmatlarni yuborishni buyurgan. Mintaqaviy hokimiyat esa oqibatlarni bartaraf etish uchun qariyb 330 ming dollar ajratgan.

 

Ayni paytda qutqaruvchilar vayronalarni tozalash va ehtimoliy jabrlanganlarni qidirish ishlarini davom ettirmoqda.

Bir kechada 275 ta Ukraina droni yo‘q qilindi — Rossiya Mudofaa vazirligi

Bir kechada 275 ta Ukraina droni yo‘q qilindi — Rossiya Mudofaa vazirligi

Bir hafta davomida 6 808 ta Ukraina dronini yo‘q qilingan.

Yevropa Ittifoqidan Ukrainaga rekord yordam: 7,9 mlrd yevro ajratildi

Yevropa Ittifoqidan Ukrainaga rekord yordam: 7,9 mlrd yevro ajratildi

Mablag‘ 20 dan ortiq islohot choralarini amalga oshirish sharti bilan ajratilgan.

Ukraina taqdiri Zelenskiysiz hal etilmaydi — Tramp

Ukraina taqdiri Zelenskiysiz hal etilmaydi — Tramp

AQSh prezidenti mojaro bo‘yicha yakuniy qaror Ukraina prezidenti bilan kelishmasdan qabul qilinmasligini aytdi.

Peruda 6,7 magnitudali zilzila: yer silkinishi Kolumbiyada ham sezildi

Peruda 6,7 magnitudali zilzila: yer silkinishi Kolumbiyada ham sezildi

Hududlarda aholi xavfsizlik maqsadida uylarini tark etgan.

Maxfiy ma’lumotlar Xitoyga uzatilganmi? Nvidia’ga qarshi tergov boshlandi

Maxfiy ma’lumotlar Xitoyga uzatilganmi? Nvidia’ga qarshi tergov boshlandi

Prokurorlar ilg‘or chiplar yoki maxfiy ma’lumotlar Xitoyga sizib chiqqan bo‘lishi mumkinligini tekshirmoqda.

Estoniya Rossiya bilan chegarani yopadi: qaror 1-dekabrdan kuchga kiradi

Estoniya Rossiya bilan chegarani yopadi: qaror 1-dekabrdan kuchga kiradi

Estoniya hukumati milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Rossiya bilan barcha avtomobil chegara o‘tkazish punktlarida harakatni to‘xtatishga qaror qildi.

Rossiya Ukrainaga yirik raketa va dron hujumini amalga oshirdi: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik raketa va dron hujumini amalga oshirdi: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga 400 dan ortiq dron va 110 dan ziyod raketa uchirdi. Ularning 27 tasi ballistik raketalar bo‘lgan.

Yevropa yetakchilarining Moskvaga borishi xato bo‘ladi — Zelenskiy

Yevropa yetakchilarining Moskvaga borishi xato bo‘ladi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti muzokaralar uchun neytral hudud tanlanishi kerakligini ta’kidladi.