O‘zbekistonda qancha xorijiy kapital ishtirokidagi korxona bor?
Davlat statistika qo‘mitasi xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar to‘g‘risida maʼlumot berdi.

Unga ko‘ra, Respublikada 2021 yil 1 iyun holatiga ko‘ra 12654 ta xorijiy kapital ishtirokida korxonalar bo‘lib, shulardan 5993 tasi qo‘shma korxonalar va 6661 ta xorijiy korxonalar tashkil etadi.
Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar sohalar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishda:
Sanoat – 4 064 ta
Savdo – 3 440 ta
Qurilish – 1 046 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 693 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 540 ta
Axborot va aloqa – 352 ta
Tashish va saqlash – 326 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 197 ta







