Sport

UFC janglarida Islom Habib Nurmagomedovning vorisi bo‘la oladimi?

Islom Maxachev UFCda yangi ism emas.

UFC janglarida Islom Habib Nurmagomedovning vorisi bo‘la oladimi?

 

29 yoshli dog‘istonlik 2015 yildan beri janglarda qatnashib keladi, ammo uzoq vaqt davomida u eng yaqin do‘sti Habibning soyasida qolib ketayotgandi. Ikkala jangchi ham yengil vazn toifasida jang qiladi.

Habib sportni tark etganidan keyin hammasi o‘zgardi. Hozirda yengil vazn toifasida ko‘pchilikning eʼtibori Islomga qaratilgan. Shu kunlarda jangchi faoliyatida katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. U reytingda to‘qqizinchi o‘ringa ko‘tarildi. 17 iyul kuni Maxachev murabbiy Xaver Mendes va eng yaqin do‘stlari - Habib hamda Zubayr hamrohligida Moisesga qarshi jangga chiqdi. Ushbu UFC turnirida braziliyalik ustidan qozonilgan g‘alaba chempionlikka yul ochdi. To‘qnashuvda Maxachev zerikarli jang o‘tkazdi, biroq u jangda Tiagoni charchatdi va to‘rtinchi raundda uni bo‘g‘ib oldi.

26 yoshli braziliyalik Tiago Moises reytingda 14-o‘rinni egallab turibdi. Maxachevning uslubi raqiblar uchun noqulay. U Habib singari ko‘proq kurashni yoqtiradi va raqibini parterga tortadi. Ammo Nurmagomedovdan farqli o‘laroq, Islom bo‘g‘uvchi yoki og‘riqli usullarni ko‘p qo‘llaydi. Islom uchun bu jang (garchi raqib reytingda pastroq bo‘lsa ham) karyerasidagi eng muhim voqea bo‘ldi.

Jang ehtiyotkorlik bilan boshlandi. Maxachev ko‘p vaqtni tik turgan holatda o‘tkazdi va to‘qnashuv so‘nggida Moisesni to‘rga tiqib qo‘ydi. Islom jangda kuchli tahdidni unchalik his qilmadi. U birinchi marta besh raundlik duelda jang qildi. Tanaffuslarda Maxachev birinchi navbatda Habibdan, undan keyin esa murabbiy Xaver Mendesdan maslahatlar oldi. To‘rtinchi raunddan Moises charchagan holda chiqdi keyin dog‘istonlik Tiagoni ehtiyotkorlik bilan yelkasiga oldi va uni polotnoga urib, to‘qnashuvni bo‘g‘ish usuli bilan yakunladi.

Maxachev 2022 yil oxiriga qadar chempion bo‘lishni xohlamoqda. Islom endi Dos Anjos va Chandlerga qarshi jangga kirishadi. Ushbu jangdan keyin Islomning OAV bilan ishlay olmasligi haqida Habib uni tanqid qildi. “Menimcha, Islom juda xarizmatik shaxs. Uning ommaviy axborot vositalari bilan ishlamasligi menga yoqmaydi. Unga har doim aytaman: «Odamlarga o‘zingizni kimligingizni ko‘rsatishingiz uchun ommaviy axborot vositalari bilan ko‘proq ishlashingiz kerak. Ular sizning qanday jang qilganingizni ko‘rishadi va ommaga namoyish qilishadi. Nima uchun u bu borada yomon ishlayotganini tushunmayman “.

Maxachevning jamoadoshi Daniyel Kormiyer Islom kelajakdagi UFS chempioni bo‘ladi deb hisoblamoqda. Yana boshqa ko‘plab mutaxassislar bu fikrga qo‘shilmoqda. Ularning aytishicha, ilgari zalda Habibga qarshi kurashda qarshilik ko‘rsatadigan yagona jangchi Islom bo‘lgan. Ularning UFSdagi yo‘li juda o‘xshash.

Ammo Maxachev Habibdan farq qiladi. U ko‘proq vaqtni tik turgan holatda jang qiladi. Agar u kurashga kirsa, raqibini qattiq nazorat qiladi. Quyida Islom va Habibning o‘zaro janglar statistikasini keltirib o‘tamiz. Unda Maxachevning baʼzi ko‘rsatkichlari hatto o‘rtog‘inikidan yuqori ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

• Habib bir daqiqadagi zarbalar soni bo‘yicha ustun: 4.10 va 2.00;

• Islom zarbalarning aniqligi bo‘yicha ustun: 56 foiz va 48foiz;

• Islom zarbalardan himoyalanishda ustun: 70foiz va 65foiz.

Bundan tashqari, Maxachev barcha UFC jangchilari orasida eng kam zarba o‘tkazib yuborish bo‘yicha rekord o‘rnatgan.

Garchi Islom bu raqamlar bo‘yicha yaxshi natijaga ega bo‘lsada, ammo nom jihatdan Habibdan hali ham ancha ortda. Keyingi jangda ham Maxachev g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, u katta muvaffaqiyatga ega bo‘lishi mumkin. Agar dog‘istonlik xuddi shunday ruhda davom etsa, Rossiyada yangi chempion paydo bo‘lishi ehtimolga yaqin. Shunday bo‘lgan taqdirda Maxachev Habibning vorisi deb nomlansa ajab emas.

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

UFC janglarida Islom Habib Nurmagomedovning vorisi bo‘la oladimi? | Zamon.uz