Lifestyle

Pomidor va pishloq qo‘shib baqlajondan ajoyib taom tayyorlaymiz

Ushbu taom nafaqat dasturxonni bezaydi, balki oila aʼzolarga ham manzur kelishi shubhasiz.

Pomidor va pishloq qo‘shib baqlajondan ajoyib taom tayyorlaymiz

 

 

Kerakli mahsulotlar:

  • baqlajon – 2 dona;

  • pomidor – 3-4 dona;

  • pishloq – 150 gramm;

  • o‘simlik yog‘i – 1 osh qoshiq;

  • tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Baqlajonlar uzunasiga kesib olinadi.

  2. Tuz sepilib, 30 daqiqadan so‘ng yuviladi va quritib olinadi.

  3. Pomidor va pishloq ingichka shaklda kesib olinadi va baqlajon qatlamlari orasiga joylashtiriladi.

  4. So‘ngra yog‘langan qolipga baqlajonlar solinib, pechda 180 darajada yarim soat davomida pishiriladi.

  5. Taom tayyor bo‘lgach ko‘kat va rayhon bilan bezatiladi.

Yoqimli ishtaha!

Pomidor va pishloq qo‘shib baqlajondan ajoyib taom tayyorlaymiz | Zamon.uz