Xitoyda bo‘yi 2,26 metrga yetadigan 14 yoshli basketbolchi o‘z jamoasining finalda yutishiga yordam berdi
Xitoyda bo‘yi 2,26 metrga yetadigan Chjan Sziyuy ismli 14 yoshli qiz Milliy basketbol ligasining 15 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilari o‘rtasidagi uchrashuv finalida 42 ochko to‘plab, jamoasining g‘alabasini taʼminladi, deb xabar beradi Esquire.

Bundan tashqari, Sziyuy 25 ta saralash va oltita blokdan o‘tgan. Va bu hayratlanarli emas, shuning uning bo‘yi tengdoshlarinikidan ancha baland. Birinchi sinfdaligidayoq qizchaning bo‘yi 1,6 metrni, oltinchi sinfligida 2,11 metrni tashkil etgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Sziyuy Xitoy sharqidagi Shandun provinsiyasida professional basketbolchilar oilasida dunyoga kelgan. Qizning otasining bo‘yi 2,13 metrni, onasiniki esa 1,98 metrni tashkil etadi.
Sina Weibo ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari Sziyuyni Xitoy basketboli yulduzi Yao Min bilan taqqoslamoqda — uning bo‘yi 2,29 metr bo‘lib, o‘z vaqtida NBA‘ning eng baland bo‘yli basketbolchisi bo‘lgan. Twitter foydalanuvchilari esa qizning o‘z tengdoshlari bilan bir jamoada o‘ynashini adolatsizlik demoqda, ayrimlar uning sog‘lig‘idan xavotirda.







