XOQ Olimpiada-2032 mezbonini eʼlon qildi
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) 2032 yilgi yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari Avstraliyaning Brisben shahrida o‘tkazilishini eʼlon qildi.


Inside the Games‘ning xabar berishicha, XOQning bugungi sessiyasida bu haqda maʼlum qilingan. Qayd etish joiz, Olimpiadalar tarixida eng yirik turnir uchinchi marotaba Avstraliyada o‘tkaziladi. Bungacha 1956 yil Melburn, 2000 yilda esa Sidney Olimpiadaga mezbonlik qilgandi. 2032 yilda ham turnir yashil qitʼada o‘tadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari Fransiya poytaxti Parijda, 2028 yilda esa AQSHning Los-Anjeles shahrida o‘tkaziladi.
Maʼlumot uchun, koronavirus pandemiyasi sababli bir yilga kechikkan Tokio-2020 Olimpiadasining rasmiy ochilish marosimi 23 iyul kuni o‘tkaziladi. Musobaqa bugun, 21 iyuldan 8 avgust kuniga qadar davom etadi.







