Ringni titratgan janglar
Jahon sportida boks sport turi o‘zgacha ishtiyoq bilan tomosha qilinadi.

22 iyul xalqaro boks kuni munosabati bilan ushbu sport turi tarixidagi eng ajoyib janglarni esga olamiz.
Muhammad Ali - Jorj Foreman. 1974 yil 30 oktyabr. Kinshasa

Jahon chempionligi uchun kechgan mazkur jang tarixdagi eng buyuk bokschilardan birining g‘alabasi bilan yakunlangan. Bu to‘qnashuvda Muhammad, Jorj Foremanning dastlabki hujumlariiga dosh beradi va sakkizinchi raundda uni ajoyib tarzda nokautga uchratadi.
Muhammad Ali va Joe Fraser, uchinchi jang. 1975 yil 1 oktyabr, Manila

Ushbu jang oldidan bokschilarning o‘zaro to‘qnashuvlarida 1: 1 hisobi qayd etilgandi. Uchinchi jang bu juftlikdagi eng kuchli sportchini aniqlab berishi bilan ahamiyatli edi. «Maniladagi triller» og‘ir vazn toifasidagi ikki bokschi uchun shafqatsizlarcha bo‘lib o‘tgani bilan yodda qoldi. 15-raund davom etgan jang oxirida Ali g‘alaba qozondi. Shunday qilib Ali va Freyzer o‘rtasidagi bahs sport tarixidagi eng zo‘rlaridan biriga aylandi.
Marvin Xeygler - Tomas Xirns. 1985 yil 4 aprel, Las-Vegas

80- yillarni boks tarixida bejizga oltin davr deb atashmaydi. Ushbu o‘n yil to‘rtta eng buyuk bokschi - Roberto Duran, Tomas Xirns, Marvin Xagler va Shakar Rey Leonard hukmronligi ostida o‘tdi. Ular o‘zaro bir necha bor, baʼzilari hatto uch martadan jang qilishdi. Xeygler va Xirns faqat bir marta uchrashishgan bo‘lishiga qaramay, bu juftlik o‘rtasidagi jang super janglardan biri bo‘lgan. Tashkilotchilar ushbu to‘qnashuvni “Urush” deb atashgan.
Mayk Tayson - Evander Xolifild. 1997 yil 28 iyun, Las-Vegas

Tayson va Xolifild o‘rtasidagi jang 90- yillarning eng yorqin janglaridan biri bo‘lgan. Ushbu jang bir necha marta qoldirilgan . U vaqtlari ikkala jangchi ham faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida bo‘lishmagan, biroq ringda aql bovar qilmaydigan harakatlar namoyish etishgan. Boshida Tayson Xolifildni tezkor harakatlar bilan raqibini shoshirib qo‘ygan. Ammo Evander 11-raundda Maykni nokautga uchratdi. Ushbu jang o‘sha yili «Yil jangi» mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Ruslan Chagayev - Nikolay Valuyev, 2007 yil 14 aprel, Shtutgart

Germaniyada bo‘lib o‘tgan ushbu to‘qnashuvda rossiyalik Nikolay Valuyev professional faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi va Butunjahon boks assotsiatsiyasi tomonidan super og‘ir vazn toifasidagi jahon chempionligini yo‘qotdi. U hamyurtimiz Ruslan Chagayevga mag‘lub bo‘ldi. Jang 12 raund davom etadi. To‘qnashuv professional boks oqshomlarini bezay oladigan darajada bo‘lib o‘tgan. Muxlislar yodida bu bahs chempionlik kurashi sifatida saqlanib qolgan.
Entoni Joshua - Vladimir Klichko. 2017 yil 29 aprel, London

Bu jang esa boks vatanida misli ko‘rilmagan shov-shuvga sabab bo‘ldi. To‘qnashuv “Uembli” stadioni bo‘lib o‘tdi, uchrashuvga 90 mingdan ziyod tomoshabin tashrif buyurdi va ular ajoyib boks kechasiga guvoh bo‘lishdi. Bahsning beshinchi raundida jang surati keskin o‘zgarib ketdi. Joshua hujumga o‘tib, Klichkoga ketma-ket zarbalar yo‘lladi. Shundan so‘ng Vladimir yiqildi. Ammo, u oyoqqa turdi. Jangning 11-raundiga kelib Joshua taniqli raqibini nokautga uchratdi. Ushbu jang Klichkoning yigirma yillik faoliyatidagi eng so‘nggi janggi edi.
Rikardo Torres va Kendall Xolt, ikkinchi jang. 2008 yil 5 iyul, Las-Vegas

Yengil vaznda WBO chempioni Rikardo Torres 2008 yil Kendall Xoltni nokautga uchratgan edi. Jang atigi bir daqiqa davom etdi. Biroq, jang kam vaqt davom etgan bo‘lishiga qaramay, dunyo boks tarixida eng qiziqarli janglardan biri bo‘lib qoldi.
Jamshidbek Amirov







