Samarqandda «Onlayn poliklinika» ish faoliyatini boshladi
Samarqand davlat tibbiyot institutida tashkil etilgan «Onlayn poliklinika» pandemiya vaqtida aholiga masofadan turib kerakli maslahatlari, tavsiyalari hamda mutaxassislarga yo‘naltirish orqali sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Mazkur poliklinikaga tibbiy xizmatni faqatgina umumiy amaliyot shifokorlari emas, balki oilaviy shifokor, terapevt, endokrinolog, pulmonolog, ftiziatr, kardiolog, akusher-ginekolog, pediatr, neonatolog, reanimatolog, infeksionist kabi 27 nafar malakali professor-o‘qituvchilardan iborat mutaxassislar guruhi ham jalb qilingan.
Ayni vaqtda onlayn poliklinika xizmatidan xorijda bo‘lib turgan yordamga muhtoj yurtdoshlarimiz ham foydalanishi mumkin.
«Onlayn poliklinika»ning telegram guruhi ham tashkil etildi, unda yurtdoshlarimiz o‘zini qiynab kelayotgan savollarga ishonchli va kerakli tavsiyalarni olishlari mumkin. Bu yerga (guruh) bosish orqali guruhga o'tasiz.
Quyida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar haqida maʼlumot qoldiramiz









