Saudiyalik fotograf «Masjid al-Haram»ni suratga oldi
Saudiyalik fotosuratchi Faisal Al-Thaqafi o‘zining Makkadagi «Masjid al-Haram»ning noyob suratlari dunyo musulmonlari qalbini zabt etishi aytdi.


«Buyuk masjidni suratga olish insoniyatning eng muhim va go‘zal kechinmasidir.
Bu yerda musulmonlarning axloqi, ularning birdamligi va bir-birlari bilan aloqalari juda yaxshi aks etadi» –deydi fotograf.

Shuningdek, Al-Thaqafi Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan musulmonlarning yashashiga qulaylik yaratish va osonlashtirish uchun qilingan buyuk va cheksiz saʼy-harakatlarni taʼriflab bo‘lmasligini aytdi.

«Saudiyaliklar har doim ziyoratchilarga xizmat qilishdan sharaflanishadi, chunki bu ular uchun diniy burch. Muqaddas masjid har daqiqada hayratga soladi. Badiiy mazmundagi ifodali sahnalarni ko‘rish har qanday kamerani yoki uyali aloqa vositasini qo‘zg‘atadi.» deydi fotograf ilhomlanib.

Suhbat yakunida, Al-Thaqafi «Yer kurrasining eng toza va muqaddas islomiy nuqtasi» bo‘lgan bu masjidni suratga olishni davom ettirishini aytdi.
Ozoda Choriyeva







