Sport

“U sportni jonidan ortiq sevardi” - marhum Murod Xonto‘ayev haqida hamkasblari

Osiyo ayig‘i nomi bilan tanilgan O‘zbekistonlik MMA jangchisi, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev   34 yoshida dunyoni tark etdi.

“U sportni jonidan ortiq sevardi” - marhum Murod Xonto‘ayev haqida hamkasblari

 

 

Murod Xonto‘rayev 1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zining professional karyerasini 2013 yilda boshlagan.


MMA sport bo‘yicha dunyo eʼtiboriga tushgan va yuqori natijani qayd etgan  hamyurtimiz  O‘zbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Bugungi kunda marhum sportchimiz tashabbusi  bilan viloyatlarda turli musobaqalar muntazam ravishda o‘tkazilib, yangi sport zallari  va maydonlari o‘z faoliyatini boshladi. Endi ana shu faoliyatini boshlagan zallar va musobaqalardan yangi yulduzlar, yangi nomlar chiqadi.


O‘zbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi ijrochi direktori Zafar Qahramonov:

 

- Sovuq xabar yashin tezligida tarqaldi. Bu xabarni eshitib,  chin ko‘ngildan xafa bo‘ldik, kuyundik. Murod Xonto‘rayev  insonlar ko‘nglidan mustahkam joy olgan, hurmat-eʼtiborga sazovor bo‘lgan inson edi. Kechayu kunduz o‘z ustida ishlab, har bir uyushtirayotgan tadbirga o‘ta puxta tayyorgarlik ko‘rar edi. U  yosh sportchilarga  haqiqiy namuna bo‘la oldi desam, adashmayman. MMA sportiga tekkan eng katta foydasi yigitlardan tartib-qoida qattiq talab qilardi. Tan olish kerak, MMA sportchilarning aksariyati to‘polonchi, urushqoq ko‘cha bolalaridan tashkil topgan. Shu sabab ular bilan tushunmovchilik bo‘lsa, biz darhol Murodga murojaat qilar edik. U esa yuzaga kelgan tushunmovchilikni ijobiy hal qilib berardi. Haqiqatni sevardi. 


MMA sportini yana-da rivojlantirish yuzasidan kelgusida qanday rejalari bor edi?


 24 avgust kuni katta musobaqa uyushtirish rejasi borligi haqida gapirgan edi. Tayyorgarlikni boshlab yuborgan  edi.  Uning maqsadi tarqoq sportchilarni birlashtirish edi. O‘zimizning ko‘p yigitlarimiz so‘nggi vaqtlarda  Qirg‘iziston, Qozog‘istonga chiqib, janglarda qatnashayotgan edi.   Murodning  shu yigitlar boshqa davlatlarga borib jang qilgandan ko‘ra  o‘zimizda ham shu janglar tashkillashtirilsa, havaskor sportchilarimiz esa  shu yerda o‘z isteʼdodini namoyon qilishsa,  degan maqsadi bor edi.


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan salbiy xabarlar munosabatingiz?


Men eshitganimga emas ko‘rganlarimga ishonaman. Boshqalarga ham shuni tavsiya etaman. Ijtimoiy tarmoqlarda turli noxush gaplar   tarqalmoqda.  Bu kabi asossiz xabarlar tarqalishidan kimga qanday manfaat beradi bilmayman, ammo shuni aniq ayta olamanki, Murod hech qachon spirtli ichimlik  isteʼmol qilib  yurgan odam emas. U iymonli, eʼtiqodli yigit edi. Tezlikni ham  ijtimoiy tarmoqlarda aytilgandek darajada oshirmas edi. 


Nabi Qodirov, qo‘l jang bo‘yicha terma jamoa bosh murabbiysi:


- Murod bizga shug‘ullanish, malaka oshirish uchun 2007 yil kelgan. Murabbiyimiz Asad O‘rinov va men Murodjon bilan birga juda yaxshi ishladik. Yaxshi sportchi edi. Qo‘l jangi bo‘yicha juda ko‘p musobaqalarda ishtirok etib, qisqa vaqt ichida yuqori natijalarga erishgandi. Yangi o‘sib kelayotgan sportchilarga dalda berib, doim maʼnaviy, qolaversa moddiy tomondan ham  yordam berardi. Shogirdlari ham bor edi. Sport bilan bog‘liq  rejalari ko‘p edi. ayniqsa avgust oyida aralash jang sanʼati bo‘yicha katta yirik musobaqa o‘tkazish maqsadi bor edi.

 

Aslida bu kabi musobaqalarni o‘tkazishning juda katta foydasi bor. Unda yigitlar malaka oshirish imkoniyatiga ega. O‘zingizga maʼlum, noolimpiya sport turlari bilan  shug‘ullanayotgan sportchilarga maʼnaviy va moddiy eʼtibor berilmasa, janglar tashkillashtirilmasa   sportchilarimiz bu sport turini tashlab ketishlari mumkin. Murod esa buning oldini olishga, katta tadbirlar o‘tkazishga harakat qilar edi.


Bugungi kunda Murod Xonto‘rayevning shogirdi deb kimni ayta olasiz?


- Jasur Anorbayev yaxshi o‘sib kelayotgan shogirdlaridan biri. Abbos Rasuljonov, Abzal Abdurahimov ham uning eng yaxshi shogirdlaridandir.


Mahmud Murodov, o‘zbek aralash janglar sportchisi:


- Murod O‘zbekiston xalqi uchun juda katta ishlar qildi. MMA rivojlanishi uchun bor  kuch- g‘ayratini ayamadi. U doimiy ravishda  yetimxonalar, maktablar, maktabgacha taʼlim muassasalarga yordam qo‘lini cho‘zgan. Hattoki, juda ko‘p oilalarga yordam berganiga o‘zim guvoh bo‘lganman Murod bu ishlarni  kimgadir ko‘rsatish, maqtanish uchun emas, balki  chin ko‘ngildan qilar edi.  Men juda ko‘p marotaba mehmoni bo‘lganman. Oilasidagilar  ham yaxshi insonlar.  Bizning o‘zaro kelishilgan holda  turnirlar o‘tkazish rejamiz bor edi.


Avtohalokat ro‘y berishidan bir necha kun avval men bilan gaplashganida qurbon hayit arafasida ko‘pchilik muhtoj oilalarga yordam berish maqsadi borligini aytgan edi. Afsuski, niyati amalga oshmadi. Bu hayot ekan, taqdirdan qocholmaymiz, peshonaga yozilgani bo‘ladi. Bu juda yaxshi inson, do‘st, hamkasb edi. Sportni jonidan ortiq yaxshi ko‘rardi.

 

Munojat Valiyeva suhbatlashdi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"