Salomatlik

COVID-19 antitanachalari qancha vaqtgacha saqlanib qoladi?

Shifokorlar COVID-19 antitanachalari qancha vaqtgacha saqlanib qolishini aniqlashdi.

COVID-19 antitanachalari qancha vaqtgacha saqlanib qoladi?

Finlyandiya Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish milliy instituti (THL) ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusga antitanacha kasallikni boshidan o‘tkazganlarning aksariyatida bir yildan ko‘proq saqlanib qoladi.

«Milliy sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlarning ko‘pchiligida bir yildan keyin ham antitanachalar aniqlangan», — deyiladi xabarda.

Tadqiqot ishtirokchilarining 97 foizida kasallikni yuqtirgandan bir yil o‘tib ham koronavirusning eng yuqori oqsilini tanuvchi IgG antitanachasi qayd etilgan.

«Garchi antitanachalar ko‘pchilikda aniqlangan bo‘lsa-da, bir yildan so‘ng ularning darajasi kasallikni yuqtirgandan keyingi olti oy bilan taqqoslaganda taxminan uchdan bir qismga kamaygan», — deyiladi tashkilotning press-relizida.

Tadqiqotda, shuningdek, antitanachalarning yangi shtammlarini zararsizlantirish qobiliyati tekshirildi. Buni qarangki, «alfa» varianti uchun himoya qilish darajasi «beta» varianti uchun «sal pastroq», «delta» varianti uchun esa «ancha pastroq» bo‘lgan.

«Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, koronavirusni yuqtirib olgandan so‘ng antitanachalar soni dastlab yuqori bo‘lsa, antitanachalar va yangi infeksiyadan himoyalanish qobiliyati ham uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi», — deydi THL vakili Merit Melin.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

COVID-19 antitanachalari qancha vaqtgacha saqlanib qoladi? | Zamon.uz