«Ishtiyoqim so‘ndi» — Oksana Chusovitina Tokio Olimpiadasida O‘zbekiston bayroqdorlarining o‘zgartirilishi haqida
Qayd etish joiz, avvalroq Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati Olimpiada ochilish marosimida O‘zbekistonning ikki bayroqdoridan biri Oksana Chusovitina bo‘lishini eʼlon qilingandi. Ikkinchisi esa boks bo‘yicha terma jamoa aʼzosi Bobousmon Boturov bo‘lishi lozim edi.


O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari boshlanishiga bir kun qolganda O‘zbekiston bayroqdorlari o‘zgarishiga munosabat bildirdi.
«Nega o‘zgarish bo‘lgani haqida menga hech kim izoh bermadi, men bormasligimni aytishdi, xolos. Ishtiyoqim so‘ndi. Bunday qilish kerak emas. Shunchaki tushuntirish mumkin edi, axir hammamiz odammiz, tushunamiz», — deya Chusovitinadan iqtibos keltiradi “Sputnik Uzbekistan”.
Qayd etish joiz, avvalroq Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati Olimpiada ochilish marosimida O‘zbekistonning ikki bayroqdoridan biri Oksana Chusovitina bo‘lishini eʼlon qilingandi. Ikkinchisi esa boks bo‘yicha terma jamoa aʼzosi Bobousmon Boturov bo‘lishi lozim edi.
Eslatib o‘tamiz, bu Oksana Chusovitina uchun faoliyatidagi sakkizinchi Olimpiada o‘yinlari hisoblanadi. Sportchi Tokiodagi Olimpiadadan so‘ng faoliyatini yakunlashini aytib o‘tgan.







