Sport

Tokio-2020. Ochilish marosimi oldidan O‘zbekiston bayroqdorlari o‘zgardi

Bugun, 23 iyul kuni Tokio-2020 Olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir oldidan O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari kutilmaganda o‘zgargani maʼlum bo‘ldi.

Tokio-2020. Ochilish marosimi oldidan O‘zbekiston bayroqdorlari o‘zgardi

 

 

Tokioda bo‘lib turgan O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov «O‘zbekiston 24» telekanali muxbiri bilan suhbatda bayroqdorlar o‘zgargani haqida gapirgan.

«O‘zbekiston bayroqdorini tayinlashda avvalambor musobaqalar jadvalini hisobga olgan holda, qolaversa barcha sportchi, delegatsiya aʼzolarining fikrini inobatga olib boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi aʼzosi Bahodir Jalolov va taekvondo bo‘yicha jamoamiz aʼzosi Nigora Tursunqulovaga ishonch bildirildi», - deydi MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov. 

Ochilish marosimida sportchilar chiqishini Olimpiada vatani Gretsiya delegatsiyasi boshlab bersa, Yaponiya mezbon sifatida yakunlaydi. 

Qayd etish joiz, O‘zbekiston yapon alifbosida tartib raqami bo‘yicha 25-o‘rindan joy olgani sababli, bu safargi marosimda avvalgilaridan oldinroq chiqadi.

Maʼlumot uchun, Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadigan ochilish marosimi axborot hamkorimiz «Sport TV» orqali jonli efirda namoyish etiladi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Tokio-2020. Ochilish marosimi oldidan O‘zbekiston bayroqdorlari o‘zgardi | Zamon.uz