Siyosat

Prezident «Fazoviy maʼlumotlar to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi

“Fazoviy maʼlumotlar to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Prezident «Fazoviy maʼlumotlar to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi

 

 

Qonunga muvofiq, fazoviy maʼlumotlar fazoviy obyektlar to‘g‘risidagi, ularning joylashuvi, shakli, xossalari haqidagi maʼlumotlardan iborat.

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi fazoviy maʼlumotlar sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirishga doir faoliyatning muvofiqlashtirish maqsadida Kadastr agentligi huzurida Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi.

Fazoviy maʼlumotlar bazaviy va sohaga oid fazoviy maʼlumotlarga bo‘linadi.

Fazoviy maʼlumotlar va metamaʼlumotlar davlat organlariga o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun – beg‘araz asosda, boshqa foydalanuvchilarga esa – Kadastr agentligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan miqdorlardagi haq evaziga taqdim etiladi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Prezident «Fazoviy maʼlumotlar to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi | Zamon.uz