Qondagi glyukoza miqdori organizmga qanday taʼsir ko‘rsatadi?
Glyukoza — bu mushaklar va miya faoliyatini taʼminlaydigan “yoqilg‘i”dir. Organizm odatdagidek ishlayotgan bo‘lsa, gormonal tizim shakar miqdorini doimiy ravishda ushlab turadi. Natijada tana qulay tarzda ishlaydi - siz o‘qiysiz, ishlaysiz yoki qiyinchiliksiz yugurasiz.


Agar gormonal tizim buzilgan bo‘lsa, unda shakar darajasi avval ko‘tariladi, keyin tushadi. Natijada o‘zingizni baʼzan kuchga to‘lgan, baʼzida esa holdan toygandek his qilasiz.
Agar sizda (dunyodagi 300 million odam kabi) diabet kasalligi aniqlansa, bunday o‘zgarishlar yurak-qon tomir kasalliklariga, buyraklar shikastlanishiga va oyoq-qo‘llar uvishishiga olib kelishi mumkin.
Qandli diabetning oldini olishda ko‘p narsa ovqatlanish va turmush tarzingizga bog‘liq. Hatto nisbatan sog‘lom ovqatlar ham qondagi shakar miqdorining keskin pasayishiga olib kelishi mumkin.
Ovqat glyukoza darajasiga qanday taʼsir qiladi?
Aytaylik, siz 100 kaloriya isteʼmol qildingiz. Ammo glyukoza miqdorini hisobga olsangiz, jarayon biroz murakkablashadi. Shokoladli pechenyedan 100 kaloriya, qovoqli kurka go‘shtidan 100 kaloriya tanangizning shakar muvozanatiga alohida-alohida taʼsir qiladi. Tarkibida kletchatka, yog‘ va oqsillar bo‘lgan oziq-ovqat asta sekin so‘rilib, glyukozani qonga chiqarib yuboradi.
Oliy navli un va qayta ishlangan mahsulotlardan tayyorlangan shirinliklar, pishiriqlar deyarli bir zumda so‘rilib, qonga zararli dozalarni yuboradi.
Juda keskin ko‘taradi
Shirinlik, pishiriq, tort, ponchiklar. Ammo glyukoza darajasiga zudlik bilan taʼsir qilish uchun oziq-ovqat har doim ham shirin bo‘lishi shart emas. Qayta ishlangan ovqatlar va oq unli mahsulotlar (makaron, non, pechene, pissa) ham xuddi shunday taʼsirga ega.
Sekin ko‘taradi
Siz uglevodlardan butunlay voz kecha olmaysiz. Murakkab uglevodlar (masalan, sabzavot yoki don tarkibida) asta-sekin so‘rilib, glyukozani qonga asta-sekin chiqarib yuboradi. Ammo ularni juda ko‘p isteʼmol qilsangiz ham, ular qon shakarini sezilarli darajada oshirishi mumkin, shuning uchun ovqat miqdorini nazorat qilishga harakat qiling. Meva tarkibida ham ko‘p miqdordagi shakar mavjud, ammo ularni to‘liq isteʼmol qilsangiz (po‘sti bilan birga) havotirlanishga hojat yo‘q: kletchatkalar shakar o‘zlashtirilishini susaytiradi. Ammo mevali sharbat ichsangiz (hatto yangi siqilgan bo‘lsa ham), unda kletchatkalar bo‘lmaydi va shakar darhol so‘riladi.
Barqaror darajani saqlaydi
Kletchatka — tanaga singib ketmaydigan va shakar darajasini oshirmaydigan uglevodlarning maxsus turi. Sabzavotlar tarkibidagi uglevodlarning aksariyati kletchatkaga to‘g‘ri keladi, shuning uchun sabzavotlarni isteʼmol qilish juda muhimdir. Protein (masalan, tovuq yoki baliqda) ham deyarli qon shakar darajasiga taʼsir qilmaydi. Agar ovqat tarkibida uglevodlar, oqsillar, yog‘lar va kletchatkalar bo‘lsa, qondagi shakar darajasini barqaror ushlab turadi.







