Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammitiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini muhokama qildi

24 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammitiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini muhokama qildi

 

 

Turkmaniston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabriklab, birodar O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilgan.

O‘zbekiston—Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

«Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion va madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi», — deyiladi xabarda.

Prezidentlar 2021 yil 6 avgust kuni “Avaza” milliy turizm hududida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalasiga alohida to‘xtalgan. Bo‘lajak tadbirning kun tartibi va dasturi yuzasidan fikr almashilgan.

Turkmaniston prezidenti O‘zbekiston yetakchisini Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyoning bog‘liqligini mustahkamlash bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan ham samimiy qutlab, ushbu forumning samarali natijalari keng mintaqada amaliy hamkorlik loyihalarini ilgari surish uchun yaxshi asos bo‘lib xizmat qilishini taʼkidlagan.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammitiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini muhokama qildi | Zamon.uz