Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O‘zbekistonda vaksinalar ishlab chiqarish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O‘zbekistonda vaksinalar ishlab chiqarish masalasini muhokama qildi

 

 

Suhbat avvalida Rossiya prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud ayyomi bilan muborakbod etib, O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladi.

O‘zbekiston-Rossiya strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal surʼatlar bilan rivojlanayotgani, eng avvalo, o‘zaro tovar ayirboshlash barqaror ortib borayotgani, iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘shma kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinalar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma quvvatlarni tez fursatda ishga tushirish muhim ekani taʼkidlandi.

Yetakchilar mintaqa kun tartibi, shu jumladan Afg‘oniston bo‘yicha yuzaga kelayotgan vaziyat xususida ham fikr almashdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O‘zbekistonda vaksinalar ishlab chiqarish masalasini muhokama qildi | Zamon.uz