Sport

Temur Ismoilov butun umrga tennisdan chetlatildi

O‘zbekistonlik tennischilar Temur Ismoilov va Amal Sultonbekov kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani sabab jazolandi. Bu haqda Tennisda halollikni taʼminlash xalqaro agentligi (ITIA) xabar berdi.

Temur Ismoilov butun umrga tennisdan chetlatildi

 

 

Ushbu qaror xalqaro agentlik 2019 yildagi kelishilgan o‘yinlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazganidan so‘ng qabul qilingan.

 

Dastlabki tekshiruvlardan so‘ng Temur Ismoilov 7 yillik diskvalifikatsiyaga uchragani maʼlum qilingandi. Navbatdagi tekshiruvlardan keyin uni butun umrga tennisdan chetlatish borasida qarorga kelingan. Xalqaro agentlik qo‘ygan taqiq 2021 yil 21 iyuldan kuchga kirgan. Shuningdek, Temur Ismoilov 14 ming dollar miqdorida jarima ham to‘lashi lozim. Amal Sultonbekov esa 5 yilga tennis bahslaridan chetlatilgan va 8 ming dollar miqdoridagi jarimaga tortilgan.

 

Qayd etish joiz, Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) reytingida Ismoilov 397-o‘rinni, Sultonbekov esa 1886-o‘rinni band etib turgandi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Temur Ismoilov butun umrga tennisdan chetlatildi | Zamon.uz