Tokio Olimpiadasida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 123 taga yetdi
Tokio Olimpiadasida koronavirus yuqtirganlar soni 123 kishiga yetdi. Bu haqda Olimpiada saytida xabar qilindi.

Qayd etilishicha, o‘tgan sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 17ta yangi holat aniqlangan.
Jumladan, bir nafar sportchi va ikki nafar xodimda kasallik aniqlangan. Ularning barchasi ikki haftalik karantin o‘taydi.
Chorshanba kuni Olimpiada tashkilotchilari sportchilar va Olimpiadada ishtirok etuvchi delegatsiya vakillaridan jami 79 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergandi.







