Tokio-2020. O‘zbekistonlik Muattar Nabiyeva Olimpiada rekordini o‘rnatdi
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Muattar Nabiyeva dast ko‘tarish mashqida 98 kg natija bilan Olimpiada rekordini o‘rnatdi.


O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Muattar Nabiyeva dast ko‘tarish mashqida Olimpiada rekordini o‘rnatib, ushbu mashqni birinchi o‘rinda yakunladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
U birinchi mashqdan so‘ng 98 kg natija bilan yakka peshqadam bo‘lib turgan edi. Muattar Nabiyeva ikki mashq natijasiga ko‘ra 212 kg bilan (98, 114) 4-o‘rinni egalladi
Maʼlumot uchun, dast ko‘tarishdagi avvalgi olimpiada rekord 97 kg edi.







