Tokio-2020. Fanat Qahramonov ham Olimpiada bilan xayrlashdi
Bokschimiz Fanat Qahramonov musobaqadagi ikkinchi jangini yakunladi. Bu gal unga qozog‘istonlik sportchi raqib bo‘ldi.

Jahon chempionati va Osiyo o‘yinlari finalchisi Abilxan Amankulga qarshi kechgan jang raqibning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa yana bir bokschimiz Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi.







