Sport

Natalya Kritinina uchun Tokio-2020 yakunlandi

Suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Natalya Kritinina Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi.

Natalya Kritinina uchun Tokio-2020 yakunlandi

 

Hamyurtimiz saralash bosqichidayoq musobaqadan chiqib ketmoqda.

 

50 metrga suzish dasturida ishtirok etgan Kritinina 26.93 soniya natija qayd etdi. Bu oltinchi saralash guruhi vakillari orasidagi eng past ko‘rsatkich.

 

Qolgan guruhlardagi 16 nafar ishtirokchi allaqachon ushbu ko‘rsatkichni yaxshilab bo‘ldi. Shunday tariqa vakilimiz yarim finalga yo‘l ololmadi va ushbu nuqtada ishtirokini yakunladi.

Natalya Kritinina uchun Tokio-2020 yakunlandi | Zamon.uz