Dzyudochilarimiz Niderlandiya jamoasiga qarshi qo‘shimcha raundgacha kurashdi
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aralash jamoaviy bellashuvda chorak final yo‘llanmasi uchun bahs olib bordi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar qildi.

Qiziqarli kechgan bellashuvning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlandi. Oltin ochko uchun kechgan qo‘shimcha raundda +90 kg vazn toifasi tanlab olindi. Unda Bekmurod Oltiboyev Xenk Grolga shidolar bo‘yicha imkoniyatni boy berib qo‘ydi va raqib jamoa keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Shu tariqa, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini ushbu nuqtada yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu Olimpiya o‘yinlarida -90 kg vazn toifasida kurashgan Davlat Bobonov delegasiyamiz hisobiga bronza medalini taqdim qildi.







