Siyosat

Keyingi global urush kibermakonda bo‘lishi mumkin

Fan-texnika taraqqiyoti insoniyat hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi.

Keyingi global urush kibermakonda bo‘lishi mumkin

 

Bu jarayon yangi imkoniyatlar taqdim etdi, xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda katta qulayliklar vujudga keldi. Shu bilan birga fan-texnika taraqqiyoti, ayniqsa IT rivoji global miqyosdagi xavflarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

 

Hozirgi kunda global barqarorlik va taraqqiyotga to‘siq bo‘layotgan eng katta omillardan biri bu kiberjinoyatdir. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra bu turdagi jinoyatlar mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosatiga kuchli zarba bermoqda hamda og‘ir oqibatlarni keltirib chiqaryapti. Raqamlarga eʼtiboringizni qaratmoqchimiz. Birgina 2020-yilda xakerlar hujumi natijasida dunyo iqtisodiyoti 1 trillion dollardan ortiq zarar ko‘rdi. Bu 2018 yilga nisbatan 50 foizga ko‘pdir. Xalqaro Elektroaloqa ittifoqi 2021-yilda bu ko‘rsatkich 6 trillion dollarga yetishini taxmin qilmoqda. Xakerlar butun boshli infratuzilmalar va yirik korporatsiyalar faoliyati to‘xtab qolishiga sabab bo‘lyapti. Masalan, may oyida AQSHning Colonial Pipeline neft quvurlariga amalga oshirilgan kiberhujum natijasida AQSH sharqida yoqilg‘i bilan bog‘liq juda katta tanqislik yuzaga keldi. Bu hodisa nafaqat AQSH, balki butun dunyo iqtisodiyotiga taʼsir ko‘rsatdi. Neft narxi oshishi kuzatildi.

 

Shuningdek,ushbu jinoyatlar natijasida jahonning yirik davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar tobora taranglashmoqda. AQSH sobiq Davlat Kotibi Genri Kissinjer nutqlaridan birida“birgina noutbuk global o‘zgarishlarga olib keladi”,- degan edi. So‘nggi voqea-hodisalar buni tasdiqlaydi. Jumladan, 2021 yil iyulida Kaseya IT kompaniyasiga qilingan kiberhujumda AQSH Rossiyani aybladi. Ushbu hodisa natijasida ikki yuzta yirik kompaniya zarar ko‘rdi.Sir emaski, AQSH o‘z korxona va tashkilotlariga qilingan xakerlik xujumlarida doimiy ravishda Rossiya va Xitoyni ayblab keladi. Vashingtonning fikricha, bu unga qarshi qaratilgan gibrid urushning muhim qismi hisoblanadi. Rossiya va Xitoy esa o‘z navbatida bu ayblovlarni doimiy ravishda rad etadi. Hozirda Xitoy AQSHni dunyodagi asosiy kiberhujumlar tashkilotchisi deb taʼkidlamoqda. 21 iyul kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Liszyan Vashington o‘n bir yil davomida Xitoyning yirik internet kompaniyalari, davlat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlariga doimiy ravishda kiberhujumlar amalga oshirib kelganini maʼlum qildi. Bu kabi ayblovlar xalqaro munosabatlarning markaziy kuchlari o‘rtasidagi aloqalarni yana-da sovuqlashtiradi va o‘z navbatida harbiy to‘qnashuvlar xavfini oshiradi. Ekspertlar keyingi global urush kibermakonda boshlanishini taxmin qilishadi. 27 iyul kuni AQSH prezidenti Jo Bayden ham Milliy Razvedka boshqarmasidagi nutqida agar AQSH armiyasi asosiy raqiblarga qarshi urush boshlasa, bu kiberjinoyatlar natijasida yuz berishini aytib o‘tdi.

 

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham kiberhujumlar soni oshib bormoqda. Jumladan, Respublikada 2020 yil davomida tarmoqda zararli va shubhali 27 mlndan ziyod hodisalar kuzatilgan, davlat organlari veb-saytlariga nisbatan kiberhujumlar 2019 yilga nisbatan 144 foizga o‘sgan. Kasperskiy laboratoriyasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston kiberhujumlarga uchrovchi davlatlar ro‘yxatida yetmish uchinchi o‘rinda turibdi. Shu bilan birga Respublikada asta-sekin soha rivojida maʼlum qadamlar qo‘yilmoqda.2017 yilda Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga ko‘maklashish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Ushbu markaz faoliyatida kiberxavfsizlik muhim o‘rin tutadi. Bundan tashqari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan doimiy ravishda aholi orasida tarmoqdan to‘g‘ri foydalanish, kiberjinoyatchilarga aldanib qolmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi JK ning XXI bobi Axborot Texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga bag‘ishlangan.

 

Hozirda xalqaro maydonda kiberxavfsizlik bo‘yicha davlatlararo hamkorlikni kuchaytirish va kiberjinoyatlarga qarshi kurashning mexanizmlarini yaratish zarur. Globallashuv davrida asosiy kurash aynan axborot maydonida bo‘lib o‘tadi, bu esa har qanday xavflarga qarshi aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishni taqozo qiladi.

Jahongir Qo'ziyev

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Keyingi global urush kibermakonda bo‘lishi mumkin | Zamon.uz