O‘zbekistonlik sportchilar Tokiodagi Olimpiadaga 500 quti palov olib borgan
O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga o‘zbek palovi va non olib borgan.

Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida davom etayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirokini boshlagan o‘zbekistonlik sportchilar kunchiqar mamlakatga 500 quti palov va non olib borgan.
«Biz Samarqand uslubiga xos bo‘lgan anʼanaviy palovimizni olib keldik. Hammasi bo‘lib 500 ga yaqin quti. Shuningdek, biz 200 ga yaqin non va mol go‘shti olib kelganmiz. Bularni Olimpiya qishlog‘idagi boshqa sportchilar bilan bo‘lishamiz, masalan, yaqinda rus sportchilariga bir nechta non ulashdik», — deya taʼkidlagan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi delegatsiyasi “TASS”ga bergan intervyusida.
O‘zbekistonlik sportchilar Tokio o‘yinlarida ikkita medalni qo‘lga kiritdi. Ulug‘bek Rashidov taekvondo bo‘yicha Olimpiya chempioni bo‘lgan bo‘lsa, dzyudochi Davlat Bobonov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasida jami 71 nafar sportchi ishtirok etmoqda.







