Ta'lim

IBO Xalqaro biologiya olimpiadasi va IMC 27-Xalqaro matematika musobaqasi natijalari eʼlon qilindi

Umumiy ikkala fan olimpiadasida yoshlarimiz jami 16 ta medalni qo‘lga kiritdi.

IBO Xalqaro biologiya olimpiadasi va IMC 27-Xalqaro matematika musobaqasi natijalari eʼlon qilindi

IBO xalqaro biologiya olimpiadasi 1990 yildan beri 20 yoshdan kichik talaba va o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazib kelinadi. Olimpiada biologiyaning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy bellashuvlarni o‘z ichiga oladi. Umumiy qatnashchilarning eng yaxshi natija ko‘rsatgan 10 foizi oltin medal bilan taqdirlanadi. 32-xalqaro biologiya olimpiadasi bu yili Portugaliyada bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sharafini 4 nafar o‘quvchi yoshlarimiz himoya qildi. Umumiy natijaga ko‘ra, oltin medal bilan taqdirlangan 30 nafar g‘olib orasida 2 nafar O‘zbekistonlik ham bor. Jizzax pedagogika akademik litseyi o‘quvchisi Xumoyun Norbekov va Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi o‘quvchisi Aziza Abduvaliyeva oltin medalni ko‘lga kiritishdi.

Yana bir Xalqaro fan olimpiadasida ham jamoalarimiz munosib ishtirok etishdi.

Jumladan, 27-Xalqaro matematika musobaqasi (IMS)da dunyoning 36 davlatidan yosh matematiklar ishtirok etdi. Kecha mazkur musobaqaning yakuniy natijalari eʼlon qilindi.

Musobaqaning yakka tartibda o‘tkazilgan bahslarida o‘quvchilarimiz 4 ta kumush, 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Yoshlar jamoasidan (key stage 2):

Kamolov Abdurashid - Kumush

Axtamov Ozod - Bronza

Kattalar jamoasidan (key stage 3):

Majidov Muhammadrizo - Kumush

Rajabboyev Lazizbek - Kumush

Raxmatov Anvar - Kumush

Suyunova Madina - Bronza

Jamoaviy bahslarda esa kichik yoshlilar jamoamiz 3 o‘rin (4 ta bronza) ni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, katta yosh toifasida ishtirok etgan o‘quvchilarimiz 2 o‘rin (4ta kumush) ga munosib ko‘rildi.

Zamon.uz ijodkorlari barcha qatnashchilarni g‘alaba bilan tabriklab, keyingi ishlariga ulkan zafarlar tilaydi.

custom img

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

custom img

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

custom img

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

custom img

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

custom img

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"