Shomurodov “Roma” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
O‘zbekistonlik 26 yoshli futbolchi Rim klubi bilan 2026-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

“Roma” hujumchini dastlab 2,5 mln yevroga ijaraga oladi va mavsum yakunida 17,5 mln yevroga to‘liq sotib oladi. “Jenoa” keyingi transferdan 10% ulush oladi.
Maʼlumot o‘rnida, Shomurodov o‘tgan mavsumda Italiya chempionatida 31 ta bahsda 8 ta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shomurodovning “Roma”dan qancha maosh olishi haqida xabar bergandik.







