Shomurodov Rim klubi safiga borib qo‘shildi
Xabaringiz bor Eldor Shomurodov Italiyaning “Roma” klubi bilan 5 yilga shartnoma imzolagandi.

Bugun “Roma” futbolchisiga aylangan Eldor Shomurodov klubning Portugaliyadagi yig‘in mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun yetib keldi.
Shomurodovni klub aʼzolari hurmat bilan kutib oldi.
O‘zbekistonlik 26 yoshli futbolchi Rim klubi bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
“Roma” hujumchini dastlab 2,5 mln yevroga ijaraga oladi va mavsum yakunida 17,5 mln yevroga to‘liq sotib oladi. “Jenoa” keyingi transferdan 10% ulush oladi.
Maʼlumot o‘rnida, Shomurodov o‘tgan mavsumda "A Seriya" da 31ta bahsda 8ta gol urgan.







