Sobiq Itifoq mamlakatlari qancha medal jamg‘ardi?
Shu kunlarda dunyo eʼtibori Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilayotgan Olimpiya o‘yinlariga qaratilgan.

Ayni paytda umumjamoa hisobida medal jamg‘arish bo‘yicha Xitoy terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni AQSH va Yaponiya ishg‘ol qilyapti.
Olimpiadada sobiq Ittifoq respublikalaridan Rossiya va Boltiq bo‘yi davlatlaridan tashqari Gruziya ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Gruzinlar hozir beshta medal jamg‘argan, uning bittasi oltin. O‘zbekiston va Belarus hisobida esa bittadan oltin bor. Qolgan davlatlar hozircha oltin medal olganicha yo‘q. Ukraina hisobida bitta kumush, beshta bronza, Turkmaniston bitta kumush, Qozog‘iston uchta, Ozarbayjon ikkita bronza medalga ega bo‘lib turibdi. Moldova, Armaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston hisobida hozircha bironta ham medal mavjud emas. Sobiq Ittifoq davlatlaridan Rossiya 12 ta oltin, 19 ta kumush va 13 ta bronza medal bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda.







