Lifestyle

Diqqat! Nitratli tarvuz, ehtiyot bo‘ling!

Pul topish maqsadida tadbirkorlar tezroq o‘sib, tosh bosishi uchun ko‘pincha tarvuzni nitrat bilan boqadi.

Diqqat! Nitratli tarvuz, ehtiyot bo‘ling!

 

Nitratlar inson ichaklariga tushganida nitritlarga aylanadi, ular o‘z navbatida metgemoglobinni hosil qiladi.

 

Metgemoglobin hujayralarga kislorod yetkazib beruvchi gemoglobinning o‘rnini bosadi. Natijada zaharlanish sodir bo‘ladi.

 

Metgemoglobin gemoglobin hujayralarini 50 foizdan ko‘prog‘iga almashtirganda odam o‘lishi mumkin.

 

Sifatli tekshirish uchun maxsus moslama kerak bo‘ladi. Ammo bunday moslama hammada ham bor emas. Shuning uchun tekshirishning boshqa uy sharoitida gi usullarini qo‘llash lozim.

 

1. Tarvuzdagi chiziqlar aralashmagan bo‘lishi kerak

 

Tarvuz sotib olishdan oldin uning chiziqlariga eʼtibor berish kerak. Chiziqlar aniq va bir-biri bilan aralashib ketmagan bo‘lishi lozim. Xiralashgan chiziqlar tarvuzning tezroq o‘sishi uchun nitratga to‘yintirilganidan darak berishi mumkin.

 

2. Ukol izlarini tekshiring

 

Sotib olishdan oldin tarvuzning hamma tomoniga diqqat bilan qarang. Unda hech qanday ukol izlari bo‘lmasligi kerak. Agar kichik biron iz bo‘lsa ham uni sotib olmang.

 

3. Suv sinovi

 

Tarvuzni uyga olib kelganingizdan so‘ng uni suv to‘ldirilgan vannaga soling. Yaxshi pishgan tarvuz suv ustida suzishi kerak. Agar tarvuz cho‘kib ketsa, uni isteʼmol qilmaslik kerak.

 

4. Tarvuzning kesilishini tekshiring

 

Tarvuzni kesib, yana bir sinovni o‘tkazing. Nitratli tarvuzni kesganda ko‘pincha to‘g‘ri kesiladi. Haqiqiy tarvuz esa shakar donalari sabab qiyshiq kesiladi.

 

5. Suv orqali sinash

 

Endi oxirgi sinovga o‘tamiz. Stakanga suv soling, tarvuzdan kichik bo‘lak kesing va stakandagi suvga aralashtiring. So‘ngra rangi aniq bilinishi uchun suvni boshqa stakanga soling. Agar suv xiralashsa, tarvuz nitratsiz bo‘lishi kerak. Agar suv pushti yoki qizil rangga kirsa, unday tarvuzda nitrat mavjud va rang qanchalik yorqin bo‘lsa, nitratning tarkibi shunchalik yuqori bo‘ladi.

 

Shuni unutmangki, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga maxsus qurilma bilan sinovdan o‘tmagan tarvuzdan bermang. Tarvuzda nitratlar ko‘p bo‘lgani uchun u go‘dagingizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Diqqat! Nitratli tarvuz, ehtiyot bo‘ling! | Zamon.uz