Olimpiadada koronavirus bilan kasallanganlar soni 299 taga yetdi
Ayni kunlarda Yaponiyaning Tokio shahrida Olimpiya o‘yinlari qizg‘in davom etmoqda.

Musobaqa garchi to‘liq karantin qoidalariga rioya etilgan holatda o‘tkazilayotgan bo‘lsa-da, lekin kasallanish ko‘rasatkichlari o‘sib bormoqda.
Kuni kecha Olimpiada ishtirokchilarida 18 ta koronavirus infeksiyasi holati qayd etildi. Hayratlanarlisi, ulardan biri sportchi. Koronavirus bilan kasallangan Olimpiada ishtirokchilarining umumiy soni 299 taga yetdi.
Tokiodagi epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli favqulodda holat 31 avgustgacha uzaytirildi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida spirtli ichimliklar sotish taqiqlandi, tomoshabinlarni ommaviy tadbirlarga kirishi cheklandi.
Eslatib o‘tamiz, Olimpiada 8 avgustda yakunlanadi.







