Sport

“Tokio-2020”: bokschilarimiz bu gal o‘z muxlislarini xursand qila olishmadi, umid faqat Bahodir Jalolovdan

Bundan besh yil ilgari Braziliyaning Rio-de Janeyro shahrida o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlari yodingizdami?

“Tokio-2020”: bokschilarimiz bu gal o‘z muxlislarini xursand qila olishmadi, umid faqat Bahodir Jalolovdan

 

Unda, ayniqsa, bokschilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, o‘zbek bokschilarining jahonda  tengsiz ekanini isbotlashgan edi.

 

Ammo bu gal bokschilarimiz o‘z muxlislarini xursand qila olishmadi. Tokio Olimpiadasiga 11 nafar bokschimiz yo‘llanma olgandi. Hozirda ularning atigi bir  nafari musobaqani davom ettiryapti,  xolos.  Qolganlari  turnir bilan allaqachon xayrlashib bo‘ldi. Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: xo‘sh, nega bu galgi  Olimpiadada bokschilarimizning ishtiroki kutilgandek bo‘lmadi?

 

Musobaqada  -57 kg vazn toifasida qatnashgan amaldagi jahon chempioni Miraziz Mirzaxalilov ilk jangida irlandliyalik Uoker Kurt bilan to‘qnash keldi. Jangda to‘liq ustunlikka ega bo‘lgan Mirzaxalilov  hakamlarning jiddiy xatolari sabab imkoniyatni boy berdi. Bundan tashqari, u jang paytida himoyada qator xatoliklarga yo‘l qo‘ydi. Ammo bahs to‘liq hakamlarning noto‘g‘ri qarori orqali raqib foydasiga hal bo‘ldi.

 

 -69 kg vazndagi bokschi Bobousmon Boturovning nimchorak finaldagi raqibi jahon chempionati kumush medal sohibi britaniyalik Pet Makkormakka edi. Ikkinchi jangida jiddiy raqibga duch kelgan Boturov  imkoniyatni boy berib qo‘ydi. U birinchi jangigiga nisbatan yaxshi harakat qilgandi.  Biroq tajriba borasida uning raqibi ustunlik qildi.

 

Fanat Qahramonov ham musobaqani o‘zgacha ishtiyoq bilan boshlagandi.  Lekin dastlabki jangidan keyin Olimpiada bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keldi. -75 kg vazn toifasida qatnashgan hamyurtimiz  nimchorak finalda qozog‘istonlik Abilhan Amaneulning “to‘sig‘i” dan o‘ta olmadi.  Hamyurtimiz jangning birinchi raundida ustunlikka ega bo‘lgan bo‘lsa-da, biroq keyingi raundlarda raqibining zarbalaridan himoyalana olmadi. Natijada, u ham Olimpiada bilan xayrlashdi.

 

Jahon chempionati kumush medali sohibi Dilshodbek Ro‘zmetovdan ham O‘zbekistonlik boks muxlislari Olimpiada medalini kutishgandi. U nimchorak finalda Yevropa chempioni, kvalifikatsion turnir g‘olibi, asli kubalik, Ozarbayjon bokschisi Alfonso Dominges bilan to‘qnash keldi. Ro‘zmetov Alfonsoni oldin ham mag‘lub etgandi.  Shunday bo‘lishiga qaramay, ushbu jangning birinchi raundini o‘z hisobiga hal bo‘lganini sezgan bokschi imkoniyatni boy berib qo‘ydi. U esa yakunda yarim finalga qadar yetib borib, bronza medal egasiga aylandi.

 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orqali ko‘plab eʼtirozlarga sabab bo‘lgan -91 kgli bokschi Sanjar Tursunov esa musobaqadagi ilk ishtirokidayoq jazoirlik Benchabla Abdelxafidga 1:4 hisobida yutqazib qo‘ydi.  Olimpiada o‘yinlarida ilk jangidayoq u qadar nomdor bo‘lmagan raqibga imkoniyatni boy berishi,tabiiyki, uning muxlislariga yoqmadi. 

 

So‘ngi yillarda yurtimizda ayollar boksiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Buning yaqqol isbotini ”Tokio-2020” Olimpiadasida mamlakatimiz shaʼnini himoya qilgan 3 nafar ayol sportchi  misolida ko‘rish mumkin. Ayni kunlarda bir nafar ayol bokschi yarim final ostonasida turibdi.

 

Musobaqaning ilk kunida -69 kgda bahsga kirishgan yurtimiz vakili Shahnoza Yunusova polshalik Karolin Kozevskiga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, -51 kgda ishtirok etgan Tursunoy Rahimova bizga ayollar o‘rtasida dastlabki tarixiy g‘alabani taqdim etdi. U ham Polsha vakili Sandra Drabik bilan kuch sinashib, g‘alabaga erishdi. Nimchorak finalda esa unga turkiyalik kuchli raqib Buse Naz Chaqiroglu raqib bo‘ldi. Dastlabki raundda faol harakat qilgan Rahimova ustunlikka erishdi. Ammo keyingi raundlarda hakamlar Turkiyalik bokschi harakatlarini yuqori baholadi. Natijada  raqib tomon g‘alaba qozondi.

 

Rayhona Qodirova esa nimchorak finalda Kongo demokratik respublikasi vakilasi Naomi Yumbaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. U bugun bo‘lib o‘tgan chorak final bosqichida jahon chempioni braziliyalik Beatriz Ferreraga qarshi bahs olib bordi. Lekin -60 kg vaznda jang qilgan Rayhona  tajribali raqibasiga yutqazib qo‘ydi.

 

Olimpiada va jahon chempioni Shahobiddin Zoirov ham chempionlik sari dadil borayotgan edi. U nimchorak finalda Kabo-Verde vakili Daniyel Varelani mag‘lub  etganidan so‘ng,  bugun yarim finalda  filippinlik Karlo Palamga qarshi jang qildi. Jangning ikkinchi raundida shifokorlar Zoirovga jarohati sabab bellashuvni davom ettirishiga ruxsat berishmadi. Qoidaga ko‘ra o‘sha paytgacha olingan ochkolar hisob-kitob qilindi. Afsuski, bu borada filippinlik bokschi ustunlik qildi.

 

 Chorak finalga qadar yetib kelgan yana bir bokschimiz Elnur Abduraimov dastlabki ikki jangda ketma-ket Osiyo chempionlari Batarsuxin Chinzorig va Bahodir Usmonovni yengdi. Bugungi bo‘lgan bellashuvda unga ikki karra Yevropa chempioni armanistonlik Ovanis Bachkov raqiblik qildi.   Murosasiz kechgan bahsda vakilimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

 

 +91 kgda vazn favoriti Bahodir Jalolov esa ikki kun oldin chorak final jangini yakunladi. Ushbu jangda Jalolovga Hindiston vakili Satish Kumar raqib bo‘ldi. Jangda to‘liq ustunlikka ega bo‘lgan Bahodir Jalolov 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. U 4 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan yarim finalda britaniyalik Ferezer Yelarea bilan jang qiladi.

 

Bokschilarimizdan faqat Bahodir Jalolov musobaqani davom ettirmoqda. Jalolov hozirda bronza medalini naqd qilib qo‘ydi, ammo muxlislar undan  Olimpiada chempionligi  va oltin medal kutishyapti.

Jamshidbek AMIROV

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Tokio-2020”: bokschilarimiz bu gal o‘z muxlislarini xursand qila olishmadi, umid faqat Bahodir Jalolovdan | Zamon.uz