Bahodir Jalolovning finaldagi raqibi aniq bo‘ldi
Tokio Olimpiadasida +91 kg vazn toifasida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Bahodir Jalolovning raqibi maʼlum bo‘ldi.

Hozirgina AQSH terma jamoasi aʼzosi Richard Torres va qozog‘istonlik Kamshibek Konkaboyev o‘rtasidagi jang yakuniga yetdi.
Bu vaznda kuchlilardan hisoblangan Qozog‘iston vakili so‘nggi raunddagi jarohati sabab amerikalikka mag‘lub bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov va Richard Torres o‘rtasidagi final jangi 8 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.







