Sport

"Barcha havaskor yoshlarga mashg‘ulotlarni oxirigacha olib borishni tavsiya qilgan bo‘lardim” – Akbar Jo‘rayev

Og‘ir atletikachimiz Akbar Jo‘rayevning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan muvaffaqiyati sportimiz uchun ulkan ahamiyatga ega. Bu bilan o‘zbek og‘ir atletikasi jahonda yetakchilardan ekanini yana bir karra ko‘rsatgan bo‘lsa, chempionlik Prezidentimiz va millionlab hamyurtlarimizni xursand qildi. O‘z navbatida, Jo‘rayev musobaqadan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Barcha havaskor yoshlarga mashg‘ulotlarni oxirigacha olib borishni tavsiya qilgan bo‘lardim” – Akbar Jo‘rayev

 

 

“Hayajon juda katta. Avvalo, Prezidentimizga katta rahmat aytmoqchiman. Olimpiya o‘yinlari – biz Yangi O‘zbekiston yoshlarining nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib berish uchun ajoyib imkoniyat. Prezidentimizning biz yoshlarga bergan ishonchi va mehri menga yana-da kuch berdi. Bundan tashqari, meni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ushbu g‘alabamni yurtimiz mustaqilligining, jonajon O‘zbekistonimizning  30 yilligiga bag‘ishladim.

 

Parij-2024 Olimpiadasida ham xuddi shunday medal olishga bor kuchim bilan harakat qilaman. Barcha murabbiylarim, menga muxlislik qilgan hammaga rahmat. Barcha havaskor yoshlarga sport bilan shug‘ullanishni, mashg‘ulotlarni oxirigacha olib borishni tavsiya qilgan bo‘lardim”, – dedi Olimpiada chempioni va rekordchisi Akbar Jo‘rayev.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

"Barcha havaskor yoshlarga mashg‘ulotlarni oxirigacha olib borishni tavsiya qilgan bo‘lardim” – Akbar Jo‘rayev | Zamon.uz