Sport

Eldor Shomurodovning “Jenoa”dan “Roma”ga transferi shartlari aniq bo‘ldi

Genuyaliklar 26 yoshli hujumchining keyingi transferidan 20% ulush oladi.

Eldor Shomurodovning “Jenoa”dan “Roma”ga transferi shartlari aniq bo‘ldi

 

«O‘tgan hafta transfer borasidagi kelishuvga erishildi. Ijara va keyinchalik xarid qilish asosiy variant edi. Futbolchi ijaraga olinishi, “Roma”dagi birinchi rasmiy o‘yinidan so‘ng to‘liq sotib olinishi kerak edi. Ammo yakunda to‘liq transfer va keyingi transferdan 20% ulushga to‘xtalishdi», — deydi vaziyatdan xabardor vakil.

 

Undan tashqari o‘tkazilgan o‘yinlarda qayd etilgan natijalar uchun bonuslar ham shartnomaga kiritilgan.

«Shartnomada bonuslar zinapoyasi ko‘rsatilgan — 5 yillik shartnoma davomida 15, 30 va 45 ta o‘yinlar uchun. “Jenoa” futbolchining ishtirokidan umumiy hisobda 2 million yevro olishi mumkin», — deydi “Roma” vakili.

 

Rim klubi Eldor Shomurodovni “Jenoa”dan 17,5 million yevro evaziga xarid qildi. Shomurodov “Roma” bilan 2026 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi yangi klubi safida 14-raqamda harakat qiladi.

 

Shomurodov 2020/21 yilgi mavsum boshida “Rostov”dan 7,5 million yevro evaziga “Jenoa”ga o‘tgandi. Bungacha u “Mashʼal” va “Bunyodkor” klublarida to‘p surgan. Eldor ortda qolgan mavsumda A Seriyada 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.