G‘ulomjon Abdullayev ikki karra jahon chempioni bilan kurashdi
Erkin kurashchimiz G‘ulomjon Abdullayev (-57 kg) Tokio-2020 Olimpiadasida chorak final bahsini o‘tkazdi.

Unga mazkur bosqichda so‘nggi ikkita jahon chempionatining g‘olibi rossiyalik Zaur Uguyev raqiblik qildi.
Dastlab, Abdullayev hisobda ortda qolayotgan edi. Keyin tarozini o‘z pallasiga og‘dira oldi. Bir necha soniya qolganida rossiyalik polvon hisobni tenglashtirib, so‘nggi ballni qo‘lga kiritgani evaziga g‘alabani ilib ketdi. Endi Uguyev finalga borgan taqdirda ham Abdullayev bronza medali uchun kurashadi.







