SSV koronavirus simptomlarsiz kechsa ham, o‘pka zararlanayotganiga izoh berdi
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Feruza Hamroboyeva nega koronavirus yengil kechuv bilan, simptomlarsiz o‘tsa ham, o‘pkaga zarar yetayotganini tushuntirdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi

Maʼlum bo‘lishicha, ayrim bemorlarda kasallik yengil va simptomlarsiz o‘tmoqda, ammo ularning o‘pkasi jiddiy zararlangan. Mutaxassis bunga osma ukol, gormon va antibiotiklarni sabab qilib ko‘rsatgan.
Qayd etilishicha, uy sharoitida shifokor maslahatisiz qabul qilingan osma ukol va antibiotiklar o‘pkaning shishiga olib keladi.
«Kasallik yengil kechuv bilan, simptompsiz o‘tsa ham, bu nazoratda bo‘lishi kerak. Oilaviy shifokorga bu haqda maʼlumot berib, u bergan tavsiyalarni bajarish kerak. O‘zboshimchalik bilan davolash muolajalari qilish qatʼiyan man etiladi», — deya mutaxassis antibiotik va osma ukollar qabul qilishdan qaytargan.







