Sport

Tokio-2020. 12- kunda sportchilarimizning qayd etayotgan natijalari

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari doirasida G‘ulomjon Abdullayev (-57 kg) erkin kurashchilarimizning ilk g‘alabasiga mualliflik qildi.

Tokio-2020. 12-  kunda sportchilarimizning qayd etayotgan natijalari

Vakilimiz dastlabki davrada xitoylik polvonni mag‘lub etdi.

Mingxu Liuga qarshi kechgan qiziqarli kurashda Abdullayev g‘alabani o‘z foydasiga hal qildi va chorak finalga yo‘l oldi. Hamyurtimiz yarim final yo‘llanmasi uchun AQSH va Rossiya Olimpiya qo‘mitasi vakili o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi kurashadi.

Bugun yana bir erkin kurashchimiz Jabrail Shapiyev ham Olimpiyadada ilk bellashuvini o‘tkazdi. Bahsda sportchimiz eronlik Hassan Yazdanicharatiga qarshi kurashdi va mag‘lubiyatga uchradi. Endi eronlik sportchi finalga chiqsa, Shapiyev bronza medali uchun kurashishi mumkin. Bugun kanoechilarimiz ham erta tongdan bahslarga kirishdi. Nilufar Zokirova nimchorak final bellashuvida 200 metr masofaga o‘tkazilgan musobaqada 49.686 soniya natija qayd etib o‘z guruhida 6-o‘rinni egalladi. Hozirgina nihoyasiga yetgan chorak final bahsida esa Zokirova yana 6-o‘rinni qo‘lga kiritdi va turnirdagi o‘z ishtirokini yakunladi. Yana bir kanoechimiz Dilnoza Rahmatova dastlabki chiqishida 200 metrga kechgan saralash bosqichida 47.716 soniya natija bilan 5-o‘rinni egallab chorak finalga chiqqandi. Bu bosqichda esa Rahmatova 3-o‘rinni egalladi. Sportchilarimizdan yengil atletikachimiz Yekatirina Voronina 100 metrga to‘siqlar osha yugurish bahslarida 14.19 natija qayd etdi va o‘z shaxsiy rekordini yangiladi. O‘nkurashda qatnashayotgan 24 nafar sportchi ichida bu 23-natija hisoblanadi, 24-o‘rinni esa marraga yetib kela olmagan kubalik sportchi band etdi. Birozdan so‘ng Yekatirina balandlikka sakrash bahslarida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, bugun yana boks bellashuvlarida Bahodir Jalolov ham yarim final bahslarida o‘z chiqishini boshlaydi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Tokio-2020. 12- kunda sportchilarimizning qayd etayotgan natijalari | Zamon.uz