Bahodir Jalolov finalga yo‘l oldi
Super og‘ir vazn toifasida Olimpiada oltin medali uchun jang qilayotgan Bahodir Jalolov Tokio-2020 finaliga yo‘l oldi. Jalolov murosasiz kechgan yarim final bahsida britaniyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tarildi.


Tokio Olimpiyadasi ishtirokini davom ettirayotgan yagona bokchimiz Bahodir Jalolov hozirgina Buyuk Britaniya vakili Freyzer Klarkka qarshi jang olib bordi.
Chorak finalda hindistonlik Satish Kumarni yaqqol ustunlik bilan mag‘lub etgan Jalolov bu safargi raqibiga ham hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Uchala raunda ham to‘liq ustunlikka ega bo‘lgan bokschimiz oxirgi raund oxirida raqibini texnik nakаut evaziga g‘alaba qozondi.
Freyzer Klarkka bilan kechgan jangda Jalolov o‘zining kuchli zarbalari bilan raqibini ojiz qoldirdi. Yakunda Klarkning qoshi yorildi va refere bahsni to‘xtatdi.
Eslatib o‘tamiz, final bahsi 8 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 11:15 da boshlanadi.
Jamshid Amirov







