Bekzod Abdurahmonov bronza medali uchun kurashadi
Erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) “Tokio-2020 “ Olimpiadasining chorak final bellashuvini o‘tkazdi. Unda hamyurtimiz rossiyalik Zaurbek Sidakov bilan bahs olib bordi.

Erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) “Tokio-2020 “ Olimpiadasining chorak final bellashuvini o‘tkazdi. Unda hamyurtimiz rossiyalik Zaurbek Sidakov bilan bahs olib bordi.
Ikki karra jahon chempioniga qarshi munosib kurashgan Abdurahmonov, afsuski, ushbu bellashuvda imkoniyatni boy berdi. Endi Sidakov yarim final bahsini muvaffaqiyatli o‘tkazgan taqdirda Abdurahmonov bronza medali uchun kurashni davom ettiradi.
Sportchimiz dastlabki davrada Puerto-Riko vakili Franklin Gomes bilan bellashuvda ustun kelgandi.
Jamshid Amirov







