Salomatlik

Asalning sog’lik uchun foydalari

Asalning foydasi haqida gapirishdan oldin, keling, asal  o’zi nima ekanligini aniqlaylik.

Asalning sog’lik uchun foydalari

 

U suv va shakarlardan (asosan fruktoza va glyukoza) hamda prebiyotik frukto-oligosakkariddan iborat. Shuningdek, sog'lik uchun muhim bo'lgan vitaminlar va mikroelementlarni o'z ichiga oladi (kaltsiy, magniy, kaliy). Bundan tashqari, asal tabiiy mikroblarga va yallig'lanishga qarshi vosita hisoblanadi.

Asal bilan oshqozondagi muammolardan tortib, allergiya, shamollash va teri infeksiyalarigacha bo‘lgan kasalliklarni asal bilan davolash mumkin.

Miya faoliyati  yaxshi ishlashiga yordam beradi

 Asalni har kuni 3 choy qoshiqdan iste’mol qilish menopauzadan keyingi davrdagi ayollarning xotirasini yaxshilashga hissa qo‘shadi. 2011-yil “Menapause” jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda, ishtirokchilarning xotirasi asal iste’mol qilgandan 16 hafta o‘tib estrogen va progestin gormonal terapiyasi bilan davolangan bemorlarniki singari yaxshilangani aytilgan.

Yo‘talni kamaytiradi

2012-yil Pediatrics jurnalida e’lon qilingan maqolada esa yuqori nafas yo‘llari infeksiyasidan aziyat chekadigan bolalar uyquga yotishidan 30 daqiqa avval evkalipt, sitrus yoki shifobaxsh giyohli (rozmarin, tog‘jambil hamda yalpiz) asal iste’mol qilganidan keyin platsebo qabul qilganlarga nisbatan kam yo‘talgani va yaxshiroq uxlagani ma’lum qilingan.

Yaralarni tez bitishiga yordam beradi

Asaldan yaralarni bitiruvchi surtma sifatida foydalansa bo‘ladi. 2017-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda antibakterial xususiyati sabab asal yarani dezinfeksiya qilishi, yallig‘lanishni kamaytirib, to‘qimalarning tez regeneratsiyaga hissa qo‘shishi ta’kidlangan. Tadqiqotchilar asal surtilgan bog‘lamni yaraga qo‘yish zararlangan tana qismiga asal surtishdan samaraliroq ekanini aniqlagan

Har qanday kuyishda asaldan foydalansa bo’ladi

Qaynab turgan suvning bug‘i, qizib turgan soch turmaklaydigan vositalar va quyosh nuridan kuyganda asal surtish tavsiya qilinadi. 2013-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda ushbu mahsulot diskomfortni kamaytirib, terini tinchlantirishi hamda tez bitishiga yordam beradi.

 

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Asalning sog’lik uchun foydalari | Zamon.uz