O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC vaksinasining yana 1 million doza partiyasi yetib keldi
Shu kungacha yuritimizga mazkur vaksinaning 8,5 mln dozasi olib kelingan edi.

Ertaga, 6 avgust kuni yana 1 million dozasi keltirilib, jami olib kelingan dozalar soni 10,5 mln.ga yetadi.
29 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrifi chog‘ida «Jurabek Laboratories» MCHJ qo‘shma korxonasida “COVID-19” ga qarshi vaksina ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish asnosida O‘zbekistonga yana 17,9 mln doza vaksina yetib kelishi kutilayotgani haqida xabar berildi:
Moderna — 3 mln doza;
Pfizer/Bio N Tech — 1,2 mln doza;
ZF-UZ-VAC-2001 — 12 mln doza
Sputnik V — 1,7 mln doza.
Demak, bugungi va ertangi partiyalarni hisobga olsak, O‘zbekistonga yana 10 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi keltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Sputnik V” vaksinasining ikkinchi komponentlari keltirilishi haqida ham xabar bergandik.







