Sport

Tokio—2020. Erkin kurashchi Javrail Shapiyev bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi

Tokio—2020 Olimpiadasida bir qator o‘zbekistonlik sportchilar 5 avgust kuni o‘z ishtirokini o‘tkazmoqda.

Tokio—2020. Erkin kurashchi Javrail Shapiyev bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi

 

 

Erkin kurash bo‘yicha -86 kg vazn toifasida Javrail Shapiyev bronza medali uchun o‘tish jangida shveysariyalik Stefan Richmutga qarshi bahs yuritdi va 5:2 hisobida g‘alaba qozondi. Endilikda u Olimpiada bronzasi uchun bahsda rossiyalik Artur Nifonovga qarshi kurashadi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan 15:50 dan keyin boshlanadi.

 

-74 kg vaznda Bekzod Abdurahmonov 1/8 finalda Puerto-Riko vakili Franklin Gomesni 10:0 hisobida yengib, chorak finalga yo‘l olgandi. Biroq Bekzod 1/4 finalda rossiyalik ikki karra jahon chempioni Zaur Sidakovga yengildi. Shu tariqa endi agar rossiyalik sportchi finalga chiqsagina, Abdurahmonovda bronza uchun imkoniyat bo‘ladi.

 

 

-57 kg vaznli kurashchi G‘ulomjon Abdullayev esa ilk jangidayoq amerikalik raqibiga 1:11 hisobida yutqazib, musobaqa bilan xayrlashdi.

 

Yengil atletikaning balandlikka sakrash yo‘nalishida Safina Saʼdullayeva va Svetlana Radzivil kurashlarga kirdi. Radzivil o‘z ishtirokini saralashda yakunlagan bo‘lsa, Saʼdullayeva medallar o‘ynaladigan final bosqichga yo‘l oldi.

 

Shuningdek, ayni damda Yekaterina Voronina (yengil atletika, ko‘pkurash) va Alise Fahrutdinov hamda Aleksandr Savkin (zamonaviy beshkurash) musobaqalarda ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Tokio—2020. Erkin kurashchi Javrail Shapiyev bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi | Zamon.uz