Tokio olimpiadasida ishtirok etayotgan sprotchimizda koronavirus aniqlandi
Ertaga Tokio shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha bellashuvlar boshlanadi.

Olimpiya o‘yinlarida yakkalik bahslarida yurtimiz sharafini Sabina Tashkenbayeva himoya qilishi lozim edi.
Maʼlum bo‘lishicha, Sabinada koronavirus bilan bog‘liq holat paydo bo‘lgan. Shu sababli endi ertaga Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini Ekaterina Fetisova himoya qiladi.
Jamshid Amirov







