Har qanday biznesda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan 7 xususiyat
Har qanday biznesda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan 7 xususiyat.

1. Masʼuliyatsizlik
Masʼuliyatsiz odam xavfli, boshqarilmaydigan, ruhiy kasal yoki aqlan nosog‘lom odamga o‘xshaydi. Unga ishonish ahmoqlikdir, tushuntirish – bu devor bilan gaplashish kabi samarasiz. Bunday turdagilar biznesdagi eng xavfli shaxslar hisoblanishadi.
2. Beparvolik
Topshirilgan vazifadan shunchaki tezroq qutulish maqsadida unga istaksiz yondashilsa, u ish hech qachon sifatli va chiroyli bo‘lmaydi. Demakki, b uhech qanday mantiqq a to‘g‘ri kelmaydi. Beparvolik bu — ishga va hamkasblarga bo‘lgan hurmatsizlik belgisidir.
3. Ishni o‘z vaqtida va puxta bajarmaslik
O‘z vaqtini to‘g‘ri taqsimlay olish qobiliyatining yo‘qligi —o‘sha shaxsnin umumiy ish holati haqid amaʼlumot beradi. Buning natijasida hamma azob chekadi. Masʼuliyatdan qochish, muddatlardan kechikish – ishning umuman bajarilmayotgani bilan tenglashtiriladi. Konferensiya yoki majlislarga doimiy kechikish – eng avvalo o‘ziga va hamkasblariga nisbatan hurmatsizlikdir.
4. Zaiffeʼllilik
Masʼuliyatni olishdan qochish, mustaqil fikr qabul qila olmaslik, ha deb nolish va o‘zini chetga olish – har qanday biznesda bunday insonni foydasiz buyumdek qilib qo‘yadi. Bunday shaxslarga umuman ishonib bo‘lmaydi, ular kerakli paytda sharmanda qilib qo‘yishlari mumkin.
5. Ahmoqlik
Ko‘rinib turgan muammoni ko‘rolmay, unga tegishli yechimni mustaqil qabul qilolmaydigan odam butun jamoani orqaga tortadi. Savodsizlik va mantiqiy fikrning yo‘qligi bu - kasallikdir. Kasal insonlar esa muhim ishlarda ishlamasliklari kerak.
6. Talabga javob beraolmaslik
Bunday insonlar – voqeʼlikka hissiyot bilan yondashadigan, yulduzlik kasali, ziddiyat, qo‘pol muomala, o‘zini qo‘lga ololmaslik, odamlarni gapiga uchib yurish, g‘iybatkashlik kabi jirkanch xarakterga ega bo‘lishadi. Bunday odamlar juda xavfli. Ular tartibsizlik va janjal keltirib chiqarishadi.
7. Yolg‘onchilik
Yolg‘on gapirish, vaʼda berib u i ado etmaslik, gapirgan gapida turolmaslik oxir-oqibatda barcha muammolarning sababchisi hisoblanadi. O‘z gaplarining qiymati va muhimligini anglamagan har qanda yshaxs avvalo o‘z hurmatidan, keyin ishidan ayrilishi turgan gap.







